
PRP-terapiya (plazma terapiyasi): tabiiy va xavfsiz yosharish usuli
21-asr texnologiyalari, nanotexnologiyalar va kosmetologiyadagi yutuqlar tufayli hozirda yuz va tanadagi go‘zallik hamda yoshlikni saqlab qolish osonlashdi. PRP-terapiya (plazma terapiyasi) – bu jarrohliksiz, uzoq reabilitatsiyasiz, og‘riqsiz va tabiiy usulda terini yoshartirish imkonini beruvchi zamonaviy muolaja hisoblanadi.
Mutaxassislarning malakali qo‘llarida siz doimiy ko‘tarish (lifting) effekti bilan silliq, elastik va sog‘lom teriga ega bo‘lasiz. Bu metod terining xiralashuvi, ajinlar, ko‘z ostidagi ko‘karishlar va sumkalar, husnbuzar izlari, chandiqlar va pigmentatsiyalarga qarshi kurashishda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi.
PRP-terapiya nima?
Bizning qon tarkibimiz 93% qizil qon hujayralari, 6% oq qon hujayralari va faqat 1% trombotsitlar hamda plazmadan iborat. Trombositlar nafaqat qon ketishini to‘xtatadi, balki hujayralar yangilanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Ular to‘qimalarni tiklash, yangilash va regeneratsiya qilishda beqiyos ahamiyatga ega.
Jarayon qanday amalga oshiriladi?
PRP muolajasida bemorning o‘z qonidan olingan plazma ishlatiladi. Bu muolajani eng xavfsiz, tabiiy va samarali qiladi. Allergik reaksiyalar yoki rad etish holatlari deyarli bo‘lmaydi.
PRP terapiyaning afzalliklari:
- 100% tabiiylik – faqat o‘z qon komponentlari ishlatiladi;
- Hech qanday allergiya yoki asoratlarsiz;
- Ayollar va erkaklar uchun mos;
- Har qanday faslda bajarilishi mumkin;
- Boshqa kosmetik muolajalar bilan mukammal uyg‘unlashadi – masalan, SMAS lifting, tozalash, piling va boshqalar.
PRP in’ektsiyalari soni
PRP-in’ektsiyalar soni bemorning holatiga qarab belgilanadi. Odatda, to‘liq davolash kursi 2–6 seansdan iborat bo‘ladi.
PRP qanday ishlaydi?
Teri ostiga yuborilgan plazma:
- Yangi hujayralarni faollashtiradi;
- Hujayralarning yangilanishini tezlashtiradi;
- Metabolik jarayonlarni normallashtiradi;
- Qon aylanishini yaxshilaydi;
- Kaltsiy singishini oshiradi;
- Tana regeneratsiya jarayonlarini faollashtiradi.
PRP terapiya natijalari
PRP-terapiyadan keyin bemorlar quyidagi ijobiy o‘zgarishlarni sezishadi:
- Teri elastikligi oshadi, silliqlik hissi kuchayadi;
- Teri sog‘lom va yorqin ko‘rinadi, rangi bir hil bo‘ladi;
- Mayda ajinlar butunlay yo‘qoladi, chuqur ajinlar 50-60% kamayadi;
- Teshiklar torayadi, terining yog‘ miqdori me’yorga tushadi.
Agar siz tabiiy, xavfsiz va samarali yoshartirish usulini izlayotgan bo‘lsangiz, PRP-terapiya – bu siz uchun mukammal tanlov.
📞 Batafsil ma’lumot va konsultatsiya uchun:
🌐 www.dermacenter.uz
📱 +998 99 301-33-30