Zamonaviy tibbiy uskunalar va dermatologiya sohasidagi tajribali shifokorlar bilan jihozlangan DermaCenter kompaniyasidan Toshkentdagi so'gallarni lazer yordamida olib tashlash.
Toshkentdagi DermaCenter kompaniyasida tajribali shifokor-dermatolog Zamonaviy tibbiy uskunalar bo’lmish CO2 Laseri yordamida so’gallarni olib tashlash.
So’gallar odam organizmida papilloma virusining ma’lum bir tiplari tomonidan kelib chiqadigan yaxshi sifatli xosilalari xisoblanadi. Ular terining har qanday joyida paydo bo'lishi mumkin, turli o'lchamlarda va hatto ranglarda bo'lishi mumkin.
Agar sizda so’gal bo'lsa, unda immunitet tizimingizda o’zgarishlar mavjud bo’lishi mumkin. Shu sababdan shifokor-dermatolog bilan maslahatlashish yaxshiroqdir. Buni kechiktirmang, chunki terida paydo bo’lgan bir dona so’gal xam papillomavirus o’chog’i xisoblanadi. Vaqtida olib tashlanmagan birgina so’galdan bir necha o’nlab xatto yuzlab so’gallar paydo bo’lishiga olib keladi. Ba’zan dastlab paydo bo’lgan so’gallar juda kattalashib ketadi, va bu esa insonni bezovta qiladi. Bunday yirik xosilalarni olib tashlash qiyinchilik tug’diradi, va o’rnida albatta kosmetik nuqson (chandiqlar) qoladi.
So’gal turlari
- oddiy so’gal bu eng keng tarqalgan turi bo’lib, asosan qo’l barmoqlarida va oyoq tovonida(tovon so’gali) uchraydi. O’lchami 1 smgacha yetadigan zich tuguncha teri sathidan ko’tarilib turadi. Odatda og’riqsiz bo’ladi. Faqat tovon so’galida og’riqlar kuzatilishi mumkin. Ba’zan og’riqlar kuchliligidan yurishga xam qiynalib qolish mumkin.
- yassi yoki bolalar so’gali asoson bolalarda va yoshlarda yuzda va qo’l barmoqlarida uchraydi. Teri sathidan biroz ko’tarilib turuvchi, yassi tugunchalar shaklida kuzatiladi. Asosan papillomavirusning 14,15 va 27- shtammlari qo’zg’atadi.
- o’tkir uchli kondiloma teri rangida yoki och jigarrang teriga ingichka oyoqchasi bilan birikib turuvchi vegitatsiyalanuvchi, asosan jinsiy a’zolar terisida uchraydigan turi bo’lib, ko’p xollarda jinsiy yo’l orqali yuqadi. Ba’zan tug’ruq davrida onadan bolaga yuqishi xam mumkin.
Hozirgi davrda so’gallarnini olib tashlashning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri lazer yordamida olib tashlashdir. Ushbu amaliyot oz vaqt talab etadi, so’galni o’lchamiga va chuqurligiga mos tarzda laser nurlari yuboriladi. Bu esa atrof to’qimani kamroq zararlaydi, ikkilamchi dog’lar va chandiqlar qolish ehtimolini kamaytiradi. Bundan tashqari, takror amaliyatga ehtiyoj deyarli qolmaydi( yangidan boshqa joylardan so’gallar chiqishi bundan mustasno!). Jarayon oldidan mutaxassis teriga og'riqsizlantiruvchi vositani qo'llaydi.
Toshkentdagi DermaCenter kompaniyasi sizga tanangizdagi so’galllarni sifatli va to'liq og'riqsiz ravishda eng qisqa vaqt ichida va eng arzon narxda olib tashlashni tavsiya etadi.